Buxoroda IIB xodimlari tomonidan koʻchaga tashlab ketilgan chaqaloq hayoti saqlanib qolindi

19:24 09 Avgust 2023 Jamiyat
777 0

Bugun, 9-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qayerdadir koʻchaga chaqaloq tashlab ketishibdi.. Afsus. Holat boʻyicha hali ichki ishlar vazirligi munosabat bermadi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 8-avgust kuni soat 01:30 larda Qorakoʻl tumani  markazida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni tumanlararo boʻlinmasi safdor xodimi Shahzod Saidov hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant Habib Abdurahmonovlar oʻzlariga biriktirib berilgan yoʻnalish hududida xizmat olib borayotganlarida tuman Markaziy kasalxonasining Gemodializ boʻlimi roʻparasidagi Travm punkt binosining orqa tomonidan oʻtayotganlarida chaqaloq yigʻisini eshitib, shu atrofni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirganlarida devor yonida yashil rangli paket ichida oʻgʻil bola jinsiga mansub, taxminan 3-5 kunlik sogʻlom holatdagi chaqaloq borligi aniqlangan.

Shu paytning oʻzida chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar boʻlimiga yotqizilib, zaruriy birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu chaqaloq 2023-yilning 4-avgust kuni yashash xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz soat taxminan 08:00 lar atrofida dunyoga keltirilgan va 7-avgust kuni soat 21:00 atrofida onasi: 1995-yilda tugʻilgan, Qorakoʻl tumani “Mirob” mahallasida yashovchi B.Z. ismli ayol tomonidan tashlab ketilgani fosh etilgan.

Hozirgi paytda holat hamda uni keltirib chiqargan sabab va omillarni aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʻlib, yakuni yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер