Buxoroda ham karantin choralari kuchaytirilmoqda
Oʻzbekistonda karantin tadbirlar davomida jamoat transportlari, shaharlararo-viloyatlararo qatnovchi avtobuslar va yoʻnalishsiz taksilar qatnovga chiqish oldidan hamda har bir qatnov oxirida dezinfeksiyalanishi tashkil etildi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyat transport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Joylarda haydovchilar bilan karantin qoidalariga rioya etish, harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar bilan xushmuomalada boʻlish, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilarni tashimaslik masalalarida koʻrsatma va tushuntirishlar berildi.
«Hurmatli yoʻlovchilar!
Jamoat transportlari va yoʻnalishsiz taksilar xizmatlaridan foydalanganda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan karantin qoidalariga qatʼiy rioya eting, niqob taqing hamda jamoat transportlari salonida ijtimoiy masofani saqlang.
Jamoat transportlari va yoʻnalishsiz taksilarda niqobsiz harakatlanish QATʼIYAN MAN QILINADI! Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllanilishini maʼlum qilamiz.
Tajribadan kelib chiqqan holda, faqatgina IJTIMOIY MASOFAga va majburiy NIQOB TAQISH REJIMIGA qatʼiy rioya qilinishi kasallanish tarqalishining oldini olishga yordam beradi.
Infeksiya tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, unga qarshi mustahkam turish maqsadida fuqarolarni yuqorida aytib oʻtilgan talablarga soʻzsiz va qatʼiy amal qilishga chaqiramiz. Sizlardan ogoh va oʻta talabchan boʻlishni, doʻst va yaqinlaringizni ushbu qoidalarga rioya etishga undashingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring