Buxoroda byudjet mablagʻlaridan “otkat” olishga uringanlar ushlandi

13:54 06 Avgust 2025 Jamiyat
177 0

Foto: DXX

Buxoroda byudjet mablagʻlari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning oʻrinbosari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari notoʻqima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish boʻyicha shartnoma tuzgan.

Shundan soʻng uoʻzining oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib koʻrsatish orqali, yaʼni har bir choyshabni 90 ming soʻmdan emas, balki 190 ming soʻmdan hisoblab, umumiy harajatlar summasini 76 mln soʻm qilib koʻrsatgan. Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln soʻm “otkat”ni MChJ ish yurituvchisidan talab qilgan.

DXXning Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?