Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini pichoqladi. Qurbon bor
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyati Kogon shahridagi “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJga qarashli idora oldida ikki kishi pichoqlandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 13-oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida sodir boʻlgan. 1971-yilda tugʻilgan A. G. (erkak) oldindan mavjud boʻlgan kelishmovchilik tufayli tanishlari 1963-yilda tugʻilgan N.A. (ayol) hamda 1995-yilda tugʻilgan U. D. (erkak)ni qasddan oʻldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichogʻi bilan urgan. Oqibatida U. D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring