Buxoro tumani hokimligi zaxirasidagi yerni qariyb 24 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

“Jinoyatchilikka qarshi kurashish zarbdor oyligi” doirasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumani hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga olindi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida, fuqaro S.X. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro tuman hokimiyatining tasarrufida boʻlgan 10,8 sotix zaxira yer maydonini sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 23 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring