Buxoro davlat tibbiyot instituti birinchi boʻlib xorijda oʻz filialini ochmoqda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ayni damda jahonning 150 dan ziyod universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Yaqinda bu hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Institut Oʻzbekistonning xorijiy davlatda oʻz filialini tashkil etgan birinchi oliy taʼlim muassasasiga aylandi.
— Oliy oʻquv yurtimiz Hindistonning Nyu-Deli shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Noida xalqaro universitetida bazasida oʻz fililalini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladi, — deydi institut prorektori A. Nasullayev. — Unga koʻra, 2020-2021 oʻquv yilidan institut professor-oʻqituvchilari Tibbiyot va jarrohlik bakalavri dasturi asosida oʻqishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga tahsil berishadi. Kelishuvga binoan, Noida xalqaro universiteti taʼlim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, oʻquv laboratoriyalari hamda klinik bazadan foydalanish masalalarida yordam beradi.Oʻqishga qabul qilinayotgan talabalar dastlabki ikki yilni Hindistonda, qolgan uch yilni esa Buxoroda oʻtkazishadi. Saboqlar ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun bizda ilmiy salohiyat yetarli. Oʻqituvchilarimizning 200 nafarga yaqini ingliz tilida dars oʻtish huquqini beruvchi maxsus sertifikatga ega. Bundan tashqari, yaqinda xorijiy tilni mukammal oʻzlashtirgan 40 nafarga yaqin mutaxassisni ishga qabul qildik.Umuman, institutimiz, Noida xalqaro universiteti hamda PeopIeHive kompaniyasi oʻrtasida imzolangan mazkur uch tomonlama memorandum mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining xalqaro jozibadorligini oshirish, taʼlim eksporti orqali institut moddiy imkoniyatlarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro reytinglarda munosib oʻrin egallash sari yoʻl ochadi.
Mutaxassislarning eʼtirof etishlaricha, Hindistonda aynan Buxoroda tibbiy taʼlim olish niyatida boʻlgan yoshlar koʻp. Zero, tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino tugʻilib oʻsgan yurtda oʻqish har qanday kishida gʻurur uygʻotishi tayin.
Maʼlumot tariqasida taʼkidlash joizki, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019-yilda Hindiston fuqarolariga taʼlim berish huquqini taqdim etadigan Tibbiyot kengashi akkreditatsiyasidan oʻtgan va bultur 50 nafarga yaqin hind fuqarosi oʻqishga qabul qilingan edi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring