Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm ajratiladi

16:43 23 Yanvar 2025 Siyosat
208 0

Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.

Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.

Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.

Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari, Doʻstlik va poytaxt tumanlarida ishlar yaxshi boshlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barcha hududda ommalashtirish kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yashayotgan odamlar buni kutayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Renovatsiya asosida bu yil 20 min xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm resurs berilmoqda.

Banklar bunga qoʻshimcha 10 trillion soʻm yoʻnaltirishni maqsad qilgan. “Ipoteka kompaniyasi” ham bu maqsadlarga 2,3 trillion soʻm resurs yoʻnaltiradi.

Mutasaddilarga 2025-yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingi uchun kreditni boshlangʻich badal uchun byudjetdan subsidiya toʻlab, daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga berish vazifasi qoʻyildi.

Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga oʻzi toʻlagan mablagʻining bir qismini keshbek qilib qaytarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Yigʻilish davomida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер