Britaniya muzeyidagi yirik taʼmirlash tufayli Rozett bitiktoshi eksponatlar qatoridan olib tashlanadi

18:18 31 May 2023 Dunyo
672 0

Foto: Christian Lendl

Britaniya muzeyi misr iyerogliflarini oʻqishda dastur vazifasini bajargan Rozett bitiktoshini muzey eksponatlari qatoridan olib tashlamoqchi. Bunga sabab muzeydagi keng qamrovli taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgani boʻlishi mumkin.

Ayrim tadqiqotchilar bu bitiktosh Misrga qaytarilishi mumkinligini hisobga olgan muzey maʼmuriyati unga shunchaki eʼtibor qaratmayotganini vaj qilmoqda. Xususan, Misrning sobiq qadimiy buyumlar vaziri Zaxi Xovas ancha yillardan beri eksponatni Misrga qaytarishga chaqirib keladi. Bunday chaqiriqlar rasmiy doirada kelishilmagani uchun muzey bunday qarorga kelmagan.

Foto: Matteo Vistocco

Miloddan avvalgi 196-yilda toshga oʻyib yozilgan bitiktosh qadimgi Misr yozuvini oʻqish uchun dunyo olimlariga dasturilamal vazifasini oʻtagan. Uch tilda yozilgan bitiklar bugungi kungacha dunyo olimlari hamda sanʼat ixlosmandlari eʼtiborini tortib keladi.

Britaniya muzeyidagi taʼmirlash ishlari keyingi hafta boshlanishi kutilayotgan boʻlib, rekonstruksiyaga 1 milliard funt sterling ishlatilishi aytilmoqda. Muzey uzoq muddatli taʼmirlash ishlariga muhtoj ekanligi aytilgan boʻlib, 1914-yildan beri oʻzgartirilmagan.

Diyora Saidova, OʻzDJTU talabasi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?