Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik assambleyasi spikeri parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqchi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Javlon Vahobov Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga tashrifi doirasida Qonunchilik assambleyasi spikeri Raj Chouxan bilan uchrashdi.
Diplomatik vakolatxonamizdan maʼlum qilishlaricha, muzokaralar avvalida Kanada tomoniga Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan islohotlar natijalari, shuningdek, parlamentning rolini hamda umuman qonun chiqaruvchi hokimiyatning rolini oshirishda erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlar qabul qilish jarayonidagi va demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi oʻrni tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlandi.
Spiker R. Chouxan Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik Assambleyasidagi diplomatik missiyamiz delegatsiyasini samimiy qutlab, ushbu tashrif Oʻzbekiston hukumati mutasaddilarining Kanadaning gʻarbiy qismiga ilk safari ekanligini taʼkidladi. Deputat Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Oʻzbekiston bilan yaxshi tanish ekanini, chunki uning tarixiy vatani (Hindiston) bilan respublikamiz Buyuk ipak yoʻli, sarkarda Zaxriddin Muhammad Bobur, Toshkent deklaratsiyasi sifatida tarixga kirgan Hindiston — Pokiston tinchlik muzokaralari kabi bir qator tarixiy aloqalarga bogʻlab turishini aytdi.
Kanada tomoni Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik assambleyasi xorijiy davlatlar bilan faol hamkorlik qilishini, chet mamlakatlari bilan parlamentlararo kelishuvlar imzolash anʼanasi borligi haqida aytib berdi. Xususan, R. Chouxan Qonunchilik assambleyasi Hindiston, Janubiy Koreya, Shotlandiya, Gana va Irlandiya bilan shartnomalar imzolaganini qayd etdi.
Diplomatik vakolatxonamizdan maʼlumotiga koʻra, muzokaralar yakunida xalq deputatlari Kengashlari va Oliy Majlis bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida yaqin vaqt ichida Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik assambleyasi spikeri R.Chuhani boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuni eslatib oʻtish joizki, Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik Assambleyasi provinsiyaning qonun chiqaruvchi organi boʻlib, u 85 ta saylov okrugidan saylangan 85 nafar deputatdan tashkil topgan. Kanadaning boshqa provinsiyalarida nfarqli oʻlaroq Qonunchilik Assambleyasining aʼzolaring xilma-xilligidir. Xususan Britaniya Kolumbiyasi deputatlari 30 dan ortiq tilda soʻzlashadilar va ulardan 9 tasi ikkinchi til sifatida maktablar dasturlariga kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, R.Chouxan 2005-yildan beri Britaniya Kolumbiyasi Qonunchilik Assambleyasining aʼzosidir. U 2020-yil provinsiya Qonunchilik Assambleyasi Spikeri etib saylangan, avvalroq esa (2017-2020-yillarda) spikeri oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan. R.Chouxan Kanada fermer xoʻjaligi ishchilari uyushmasi asoschisi va Britaniya Kolumbiya kasalxonasi ishchilari uyushmasi rahbari boʻlgan. 2003-yildan beri u Britaniya Kolumbiyasidagi Inson huquqlari himoyachilari nadavlat tashkilotining vitse-prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring