Britaniya fondi Oʻzbekistonda Osiyo gepardini koʻpaytirish va parvarishlash loyihasida ishtirok etmoqchi
Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning “The Aspinall Foundation“ tashkilotining xalqaro masalalar boʻyicha direktori Amos Kuraj hamda mutaxassislar Toni King va Ctyuart Robertson bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Amos Kuraj davlatimiz rahbarining shu yil 12-17-fevral kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan CMS COP14 xalqaro konferensiyasidagi nutqida Oʻzbekistonda Osiyo gepardlarini qaytadan koʻpaytirish haqidagi tashabbusi Britaniya tomonida katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi. Shuningdek, u respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sonini uch barobarga koʻpaytirilishi, yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish boʻyicha yangi loyihalarni 2024-2027-yillar davomida yanada jadallashtirish boʻyicha vazifalarni eʼtirof etdi.
Muloqot davomida dunyo boʻylab yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni saqlab qolish va ularni koʻpaytirishga doir loyihalarini oʻzbekistonlik hamkorlikda amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Britaniya vakillari Oʻzbekistonda Osiyo gepardlarini qaytadan koʻpaytirish, ularni saqlash va tahlilini yuritish va boshqa jihatlarni qamrab olgan loyihalarda ishtirok etishga roziligini bildirdi.
Mazkur yoʻnalishlardagi vazifalarni batafsil muhokama qilish maqsadida “The Aspinall Foundation“ tashkiloti va Oʻzbekiston Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vakillari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha alohida uchrashuv tashkil etish toʻgʻrisida kelishib olindi.
“The Aspinall Foundation“ dunyo boʻylab yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni himoya qilishga bagʻishlangan xalqaro xayriya tashkiloti hisoblanadi. Fond 1984-yilda tashkil etilgan va uning maqsadi tutqunlikdagi hayvonlarni butun dunyo boʻylab qoʻriqlanadigan yovvoyi tabiat hududlari va qoʻriqxonalariga qaytarishdan iborat. Shuningdek, dunyodagi eng noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni koʻpaytirish, parvarish qilish, qoʻriqxonalarni loyihalashtirish va ularni yovvoyi tabiatga yaqinlashtirish.
Tashkilotning dunyo boʻylab yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni jumladan, gorilla, fil, karkidon, jirafa, mallarang sirtlon, Yevropa bizoni va boʻrisi, yoʻlbars, Osiyo gepardi va boshqa turdagi jonzotlarni kelgusida saqlab qolish va ularni koʻpaytirib yovvoyi tabiatga moslashtirishga doir loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring