Braziliyaning Embraer kompaniyasi Oʻzbekiston bozori uchun oʻz havo kemasi namoyishini oʻtkazdi
Ikki kun davomida, 5-6-iyul kunlari Toshkent aeroportida Embraer E195-E2 taqdimoti va koʻrgazmali parvozlari boʻlib oʻtdi. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston hukumati, Braziliya elchixonasi, mahalliy aviakompaniyalar vakillari, shuningdek, jurnalistlar, blogerlar va aviaspotterlar ishtirok etdi.
E-Jets E2 samolyotlari oilasi konfiguratsiyasiga qarab 70 dan 150 oʻringacha sigʻimga ega tor fyuzelyajli tejamkor samolyotlardir. Oldingi avlod E1 bilan solishtirganda, E2 samolyotlari samaraliroq dvigatellar, optimallashtirilgan va har bir havo kemasi turi uchun alohida ishlab chiqilgan qanot, yangi shassi, yaxshilangan avionika, yangilangan fyuzelyaj, yangi interyer va 4-avlod elektron boshqaruviga ega. E2 yoqilgʻi sarfini 20 foizdan koʻproqqa kamaytiradi, natijada shovqin darajasi va CO2 emissiyasi pasayadi.
“Embraer — jahon aviatsiya bozorida oʻzini yaxshi tomondan koʻrsatgan mintaqaviy samolyotdir. Ishlab chiqaruvchi doimiy ravishda muhim mezonlar — ekologik tozalik, samaradorlik va shovqin darajasiga eʼtibor berib, yangi samolyot modifikatsiyalari ustida ishlayotganidan xursandmiz. Bugun biz Oʻzbekiston aviatsiya sohasi haqiqiy yuksalishni boshdan kechirayotgan tarixiy lahzaning guvohi boʻlamiz. Oʻtgan yil davomida bir vaqtning oʻzida bir nechta yangi mahalliy aviakompaniyalar ochildi, yangi turdagi samolyotlar paydo boʻldi. Bu ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun kuchli turtki boʻlmoqda. Bu voqeani global konglomerat tashabbus koʻrsatib, mamlakatimizga koʻrgazmali gastrol safari bilan kelgan, uning davomida mahalliy aviatashuvchilar yangi turdagi samolyotlar bilan tanishishlari, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishlari, eng muhimi , sinov parvozlarida ishtirok etgan, Oʻzbekiston uchun misli koʻrilmagan hodisa deb atash mumkin” — deydi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Raʼno Djurayeva.
Embraer E195-E2 Oʻzbekistonda issiq iqlim va togʻli hududlarda mahalliy aviakompaniyalarga parvoz samaradorligini koʻrsatish uchun ikki kunlik sayohat bilan debyut qildi. Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar samolyot Oʻzbekistonning geografik va ob-havo sharoitlariga yaxshi bardosh berishini koʻrsatdi.
“Namoyishli parvozlar bizning E2 oilamizning ekspluatatsiya samaradorligi, texnik xizmat koʻrsatishning past xarajatlari va qiyin sharoitlarga moslashishini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratib, uni Oʻzbekiston bozori uchun ideal tanlovga aylantiradi. Biz ushbu bozor taqdim etayotgan imkoniyatlardan xursandmiz”, dedi Embraerning savdo va marketing boʻyicha vitse-prezidenti hamda Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha tijorat aviatsiyasi boʻlimi rahbari Mihal Novak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring