Bojxona koʻrigi: hujjatlarda koʻrsatilmagan mahsulotlar fosh etildi

13:01 24 Sentyabr 2023 Jamiyat
301 0

“Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX bilan hamkorlikda reyd davom ettirilmoqda.

Xususan, Turkiya davlatidan invoys asosida olib kelingan ogʻirligi 3 039,71 kg., qiymati 16 223,00 AQSH dollariga teng boʻlgan “Oxotnichye patronы i pustыye gilzы” tovarlarini Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga taqdim qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar asosida tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Ushbu jarayonda 12 kalibrli har birining ogʻirligi 36 gramm boʻlgan “Oxotnichye patron “Zuber Hunting Cartridges” tovarlari hujjatlarda koʻrsatilganidan 1000 dona ortiqcha ekanligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?