Boʻyni oʻstirishning qanday davo choralari bor?
Boʻyni oʻstirish haqidagi savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi.
— Suyak yoshi nima degani?
— Tibbiyotda har bir odam organizmining pasport yoshi va suyak yoshi degan tushuncha bor. Qoʻl kafti rentgen tekshiruvi oʻtkazilganida suyaklar soniga koʻra cuyak yoshi aniqlanadi. Meʼyorda pasport yoshi suyak yoshi bilan teng boʻlishi lozim. Suyak yoshi bir yilda bir marotaba nazorat kilinishi kerak. Oʻsish jarayoniga qarab oʻsish garmonini davom etirish yoki toʻxtatish tavsiya qilinadi.
Boʻy oʻsishining ortda qolishi shu kabi tekshiruvlarda koʻrinadi. Masalan, bolaning pasport yoshi 10, suyak yoshi esa 3 yoshga mos keladi. Farqi: 7 yosh boʻlayapti.
— Boʻyni oʻstirishda qoʻllaniladigan gormon terapiya muolajasi qanday?
— Zamonaviy tibbiyotda rentgen va gormonal tekshiruvlardan orqali boʻy oʻstirishda tashxis aniq boʻlgach, gormon terapiya muolajasi qilinadi.
Muolaja ikki usulda: uzluksiz va muddatli koʻrinishda boʻladi. Davolanish jarayonida bola oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazib turilib, oʻsish doiralari berkilib qolmayotgani nazorat qilinadi.
Shuningdek, gormon preparatlarini oʻz vaqtida belgilangan tartibda qabul qilish ham asosiy shartlardan biri. Agar bilib-bilmay boʻy oʻstiruvchi gormondan foydalanilsa, nojoʻya taʼsiri kuzatilishi mumkin. Shu bois ham mutaxassis bilan bamaslahat kerakli muolaja olinishi lozim. Ikki yoki uch oyda toʻxtatib qoʻyilsa, hech qanday naf boʻlmaydi. Bu jarayonni ertaroq boshlagan maʼqul. Balogʻat yoshidan keyin boʻy oʻstirish muolajasi taʼsir qilmasligi tibbiyotda koʻp kuzatilgan.
— Uy sharoitida bolalarimizning boʻyi normal oʻsishi uchun nima qilishimiz kerak?
— Farzandingizning boʻyi meʼyorida boʻlishi uchun sport mashqlariga eʼtibor qarating. Sakrash, turnikda osilish, voleybol, basketbol sport turlariga jalb qiling. Bola jismoniy faollik bilan band boʻlsa, unda ochlik hissi paydo boʻladi. Bu esa oʻsish gormoni koʻproq ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, goʻsht, tuxum, koʻkatlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy boʻlsa, boʻy bilan bogʻliq muammolar koʻp bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring