Bogʻchani taʼmirlayman deb olingan imtiyozli kredit «tuya» qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan bir nechta kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.
Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda “B-M.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻining 549,6 million soʻmini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvchi “M.B.” MCHJ rahbari O.Sh. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1 milliard soʻm imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan maishiy texnika vositalari va yumshoq mebellarni naqd pulga sotib yuborib, 850 million soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi maʼlum boʻldi.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq endi kredit tarixini berkitib qoʻyish mumkin boʻlishi haqda xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring