Bishkekda oʻzbek yozuvchisi bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bishkek shahridagi A. Osmanov nomli Qirgʻiziston Milliy kutubxonasida taniqli oʻzbek adibi Habib Siddiqning qirgʻiz tilida chop etilgan “Amerikalыk koңshularыm” (“Amerikalik qoʻshnilarim”) kitobi taqdimoti va ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda adibning yangi asari, uning mavzusi, badiiy uslubi hamda qirgʻiz kitobxonlari uchun ahamiyati haqida soʻz yuritildi va kitobning nashri ikki qardosh xalq adabiy aloqalarida muhim voqea sifatida baholandi.

-Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda,-deydi Qirgʻiziston xalq shoiri Akbar Risqulov. -Adabiyot va tarjima sohasidagi bunday ijodiy hamkorlik xalqlar oʻrtasida oʻzaro anglashuv va maʼnaviy yaqinlikni kuchaytirishda muhim oʻrin tutadi. Habib Siddiqning qirgʻiz tiliga tarjima qilingan yangi asari ham qirgʻizistonlik oʻquvchilarga manzur boʻlishi, shubhasiz.

Tadbir yakunida oʻzbek adibi Habib Siddiqqa Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasining faxriy aʼzoligi guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, yozuvchi oʻzining oʻzbek, qirgʻiz, rus va qoraqalpoq tillarida chop etilgan kitoblarini Qirgʻiziston Milliy kutubxonasi fondiga sovgʻa qildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring