Birozdan soʻng futbol boʻyicha Shvetsiya — Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvi boshlanadi
Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi safarda Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Oʻyin Stokgolmdagi “Friends Arena” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Uchrashuv MTRKning “Sport” telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.
Maʼlumki, shu yil 27-avgust kuni OʻFA sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bilan 2025-yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma imzolagan edi. Kelishuvga koʻra, u shu davrga qadar Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga trenerlik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, shu yil iyun oyida terma jamoamiz 2022-yil Katarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash oʻyinlarining 3-bosqichiga yoʻl ololmagach, oʻsha paytdagi murabbiy Vadim Abramov bilan amaldagi shartnoma bekor qilingan edi.
Srechko Katanesga ham muxlislarimiz juda katta umid bogʻlashgan. Shvetsiya bilan oʻyin, garchi oʻrtoqlik maqomida boʻlsa ham, yangi murabbiy uchun dastlabki katta sinovdir. Axir raqib kimsan Shvetsiya!
Futbolchilarimizga omad tilab qolamiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring