Bir quti “R1” sigaretini qimmatga sotaman deb, ikki yarim ming quti noqonuniy tamaki mahsuloti borligini “sotib qoʻydi”
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahridagi savdo doʻkonlaridan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotilayotganini aniqladi. Huquqbuzarlar qoʻlga olingan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻtkazilgan tezkor tadbirda YaTT “A.N.”ga tegishli savdo doʻkoni sotuvchisi N.A. xaridorga 1 quti “R1” nomli tamaki mahsulotini 100 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. Keyinchalik ushbu savdo doʻkonidan 50 turdagi 2 ming 535 quti tegishli hujjatlari boʻlmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “R-A.” xususiy korxonasi savdo doʻkonidan 673 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring