Bir marta ishlatiladigan elektron sigaretalar tabiat uchun katta xavf tugʻdiradi
Elektron sigaretalar texnik standartlarga mos kelmasligi yoki chekuvchining oʻzi uning konstruksiyasini oʻzgartirishi tufayli chekuvchilarda jismoniy jarohat, shu jumladan, qurilmalarning portlashi yoki nosozligi tufayli kuyishlar kuzatilishi mumkin.
— Tarkibida zaharli moddalar – qoʻrgʻoshin, kadmiy, simob, nikel, ruh va boshqa moddalar borligi sababli foydalanilgan elektron sigaretalarni umumiy chiqindilarga qoʻshib boʻlmaydi — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish boʻyicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov. — Ularning tarkibiy qismida litiy-ionli batareyka (akkumulyator) boʻlib, qurilma bir marta ishlatilgandan soʻng batareyka bilan birga tashlab yuboriladi.
Plastmassadan tayyorlangan korpus va batareyka utilizatsiya qilinishi va qayta ishlanishi zarur.
Ular boshqa maishiy chiqindilarga aralashib ketsa, asta-sekin qoplamasi yemirila boshlaydi, xavfli elementlar tuproqqa, keyin yer usti va yer osti suvlariga tushadi.
Batareykalar chiqindi yoqiladigan zavodga borib qolsa, zaharli birikmalar atmosfera havosini ifloslaydi.
Bundan tashqari, atmosfera havosiga chiqariladigan aerozolda nafaqat nikotin va aromatizatorlar, balki hali yaxshi oʻrganilmagan boshqa zaharli moddalar ham bor.
Tabiatga katta xavf tugʻdirishi munosabati bilan Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlari elektron sigaretalarni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqdalar. Germaniya jamoatchiligi hukumatni elektron sigaretalarni butun Yevropa Ittifoqi boʻylab taqiqlashga undamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring