Bir maktabdan yuzdan oshiq chempion

15:39 24 Fevral 2023 Sport
812 0

Foto: Xalq so‘zi

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 29-umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Nuriddin Sotiboldiyev boshchiligida universal jang sport turi bilan shugʻullanayotgan yoshlar mamlakat va xalqaro miqyosda salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Bu mazkur taʼlim dargohida ayni yoʻnalishda tashkil etilgan harbiy sport toʻgaragi faoliyatining samaradorligi bilan bogʻliq.

Birgina 2021-2022 oʻquv yilining oʻzida toʻgarak aʼzolaridan oʻn nafari Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda boʻlib oʻtgan jahon, yana oʻn nafari Osiyo chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, yuz nafar oʻgʻil-qiz Oʻzbekiston chempionati bahslarida shohsupaning yuqori pogʻonalarini zabt etdi. Oʻz paytida toʻgarakda saboq olib, ham jismonan, ham maʼnan chiniqqan bitiruvchilarning koʻpchiligi ayni paytda harbiy sohada xizmat olib borayotir. Bugun bu yerda ularning munosib izdoshlari yetishib chiqmoqda.

Yovqur va mard oʻgʻlonlar kamol topayotgan maskanga yaqinda Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 750 million soʻmlik sport inventarlari taqdim etildi. Eʼtibordan ruhlangan yosh sportchilar munosib natijalar bilan javob qaytarish maqsadida shu yilning oktyabr oyida BAAning Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishyapti.

 

Qudratilla NAJMIDDINOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?