Bir “Isuzu” tegishli hujjatlari boʻlmagan dorlarni “aptekachi”ga sotmoqchi boʻlishdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Jizzax viloyatida hujjatsiz dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi, IIB va Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar aniqlangan.
Aylanuvchi fuqarolar A.E. va A.S. fuqaro M.X.ga tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 31 ming dona “Natriy xlorid 0.9%” dori vositasini 8 ming AQSH dollari va 37,4 million soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, toʻrtta fermer xoʻjaligi davlat va jamiyatga yarim milliardlik zarar yetkazgani maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring