Bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

12:13 16 Dekabr 2024 Jamiyat
153 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻlkamizda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida transport vositalari harakatlanishida bir qancha muammolar yuzaga keldi. Shu bois Baliqchi tumani hokimligi aholiga qulaylik yaratish maqsadida bepul avtobus qatnovini yoʻlga qoʻydi.

— Buning uchun eng serqatnov uchta yoʻnalish tanlab olindi, — deydi tuman hokimligi xodimi Muzaffarjon Karimov. — Natijada “Baliqchi —Chinobod”, “Chinobod — Oʻrmonbek” hamda “Chinobod — Eski Haqqulobod” yoʻnalishlarida harakatlanuvchi hamyurtlarimizga qulaylik yaratildi.

Avtobuslar shu yilning 22-dekabr kuniga qadar bepul xizmat koʻrsatishi koʻzda tutilgan. Vaziyatga qarab bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер