Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi
Avvalroq Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod shahar sudida jamoat tartibini buzgan aka-uka IIBga olib ketilgani va u yerda fuqarolardan birining sogʻligʻi yomonlashib, shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov mazkur holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hozirda voqea sodir boʻlgan joylarda mavjud boʻlgan barcha videoyozuvlar olingan boʻlib, guvohlar hamda voqea ishtirokchilarning koʻrsatmalari tekshirilmoqda, tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.
Shuningdek, Gʻiyosov Ichki ishlar organlari bilan bogʻliq holatda odam vafot etishi, yuzaga kelgan vaziyatdan qatʼiy nazar favqulodda holat sifatida koʻriladi va voqeaning barcha ishtirokchilarini, shu jumladan har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan, toʻliq va xolisona oʻrganilishi taʼminlanishini qoʻshimcha qilingan.
«Shu oʻrinda, Ichki ishlar vazirligi va shaxsiy tarkibi nomidan vafot etgan fuqaroning yaqinlariga chuqur taʼziya bildirishimizni maʼlum qilamiz», deyiladi IIV matbuot kotibi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring