Baliqchining chinni buyumlari xaridorgir
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Baliqchi tumanida faoliyat olib borayotgan “Mig farfor” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona xitoylik tadbirkor Xuang Lianjun tomonidan tashkil etilgan. Bu korxonada 2024-yilda 1 milliard 582 million soʻmlik chinni buyumlari ishlab chiqarildi.
— Mahsulotlarimizga ichki bozorda ehtiyoj katta, — deydi korxona menejeri Shahobiddin Qodirov. — Yil yakuniga qadar eksport faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Buning uchun Xitoy davlatidan 400 ming AQSH dollariga zamonaviy pech sotib olmoqdamiz. Bu orqali ishlab chiqarish quvvati 2,5 barobarga oshib, ishchilar soni 150 nafarga yetadi.
Hozir korxonada 70 nafar xotin-qizlar samarali mehnat qilmoqda. Ular tayyorlagan mahsulotlar sifati va bejirimligi bilan xaridorgir boʻlyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring