Baxt-u kamolimiz senda mujassam, Konstitutsiya!
Foto: “Xalq soʻzi”
Qarshi shahridagi Madaniyat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Baxtu kamolimiz senda mujassam, Konstitutsiya!» nomli koʻrik-tanlov oʻtkazildi.

Viloyat hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalarining talabalaridan iborat 10 ta jamoa 3 ta shart asosida gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Dastlabki shart “Mening Konstitutsiyam!» deb nomlanib, unda jamoalar tomonidan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlab tayyorlangan roliklar namoyish qilindi. Roliklarni baholashda Qomusimizning inson hayoti va jamiyatda tutgan oʻrni, ahamiyati, barqaror va bardavom taraqqiyot asosi ekanligi oʻziga xos, taʼsirchan uslubda, aniq hayotiy misollar orqali badiiylashgan holda yoritib berilganligiga eʼtibor qaratildi.

“Tafakkur bahsi” deb nomlangan ikkinchi shartda jamoalar Qomusimiz bilan bogʻliq 3 ta mantiqiy savolga javob berishgan boʻlsa, oxirgi shartda ular eʼtiboriga maʼlum mavzudagi surat, lavha taqdim qilindi. Ishtirokchilar esa berilgan surat yoki lavhada aks etgan holatni Konstitutsiyamiz bilan bogʻlagan holda tushuntirib, tahlil etishdi.
Uchta shart davomida toʻplangan ballar natijasiga koʻra, Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universitetining “Innovatsiya” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi oʻrin Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasiga nasib etgan boʻlsa, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Al-Xorazmiy” jamoasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring