Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Illustrativ foto
2023-yil 19-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Baxtiyor Saidov va Sin Gan bir-birlarini TIV rahbari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladilar.
Ikki davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak bosqichga koʻtarilib, mustahkam xususiyat kasb etgani va jadal tus olgani qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, TIV va tegishli vazirliklar oʻrtasida faol muloqot olib borilmoqda.
Ikki va koʻp tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va ularga tayyorgarlikning turli jihatlari koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Xitoyning pozitsiyalari oʻxshashligi taʼkidlandi.
Tomonlarning BMT, SHHT va boshqa tashkilotlar doirasida yaqin munosabatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Xitoy TIV rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi. Oʻzbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sherikchiligini yanada rivojlantirish maqsadida amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring