Bayram shukuhi davom etmoqda
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Pop tumanining olis mahallalaridan biri “Kelachi”da “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida oʻtkazilgan festivalda qatnashgan mingdan ortiq aholi vakillari koʻnglini betakror taassurotlar bilan toʻldirdi. Erta tongda boshlangan sogʻlik uchun besh ming qadam marafoni xalqimizni birlashtirdi. “Vatan madhi”, “Harbiy vatanparvarlik”, “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni” loyihalari boʻyicha tuzilgan targʻibot guruhlari ishtirokidagi diltortar suhbatlar, katta konsertdan iborat koʻngilli dastur, milliy oʻyinlarni oʻz ichiga olgan sport bellashuvlari davrani yanada qizitdi.
Festival ishtirokchilari koʻpni koʻrgan Muborakxon aya Rahimova, Muhammadjon ota Gʻaniyev xonadonida mehmon boʻlib, ularda shakllangan ahillik, sogʻlom maʼnaviy muhit, komil farzandlar tarbiyasi bilan yaqindan tanishdi. Shundan soʻng mahalla rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan faol fuqarolar “Eng namunali tomorqa egasi”, “Eng ahil oila”, “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori”, “Mahalla faxri” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.
— Istiqlol bergan imkoniyat eng avvalo, mahallalar, uning ahli hayotidagi oʻzgarishlarda zohir, — deydi respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Oppoqov. — Maʼnaviyat festivali doirasida targʻibot guruhi tarkibidagi ijodkorlar, taniqli sanʼat va madaniyat namoyondalari bilan uchrashuvlar, milliy hunarmandchilik va kitoblar koʻrgazmasi, yoshlar mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan davra suhbatlari, badiiy dasturlarning har biri ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Shu kunlarda “Maʼnaviyat festivali” tadbirlari viloyatdagi mehnat jamoalari, davlat muassasalari, yirik korxonalarga ham koʻchgan. Namangan shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtgan badiiy ijodiy kechaga Janubiy Koreyadan kelgan sanʼat, madaniyat va adabiyot namoyondalari ham ishtirok etishdi. Har ikki millat vakillari tomonidan ijro etilgan Vatan madhi, doʻstlik va birodarlikni ulugʻlovchi sheʼrlardan koʻngillar boyidi. Bundan tashqari, joylarda kinokarvon loyihasi doirasida namoyish etilayotgan “Rakesh”, “Bir dona mix”, «»Vatan ostonasi» videofilmlari mafkuraviy tarbiyadan saboq berayotgan boʻlsa, oʻzbek sporti tarixining yangi sahifasiga asos solgan “Parij-2024” olimpiadasidan tayyorlangan hujjatli videolar yurtdoshlarimizning xalqaro anjuman haqidagi taassurotlarini boyitdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring