Bayden va Makron Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishni ma’qulladi

16:06 09 Iyun 2024 Dunyo
681 0

Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden va Fransiya rahbari Emmanuel Makron Parijda uchrashganini ma’lum qilgan edik. Muzokara yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat yetakchilari qo‘shma bayonot bilan chiqishdi va tafsilotlar Oq uy saytida e’lon qilindi.

“Prezidentlar Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlarining Ukraina manfaati uchun immobilizatsiya qilingan Rossiya aktivlaridan foydalanish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi bayonotda. 

Bayden va Makron Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning boshqa variantlarini ham muhokama qildi. Shuningdek, ular urushning gumanitar oqibatlarini bartaraf etish, oziq-ovqat barqarorligini ta’minlash, energetika, atrof-muhit va yadro xavfsizlik sohalarida yordam berishni muhokama qilgan. 

O‘z navbatida, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bayonot berib, Gʻarbning harbiy siyosatchilar boyib ketish maqsadida Rossiyani mag‘lub etishga urinishayotganini ta’kidlagan. Orban Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 40 milliard dollar kredit berganini eslab o‘tar ekan, mamlakat qarz “botqog‘i”ga botganini qayd etgan.  

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga harbiy yurishi boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari Moskvaning 280 milliard dollarga yaqin aktivlarini muzlatib qo‘ygan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?