Bahodir Jalolov, qaragʻaylar mamlakati va 2025-yil: bularni nima bogʻlab turibdi?
2025-yilning 6-fevral kuni Kanadadagi Monreal shahrida nufuzli professional boks oqshomi boʻlib oʻtadi. Mazkur kechada Oʻzbekistonning superogʻir vazn toifasidagi mashhur bokschisi Bahodir Jalolov ham oʻz navbatdagi jangini oʻtkazadi. Unga fransiyalik tajribali bokschi Devid Spilmont raqiblik qiladi.
Bahodir Jalolovning jangini “Top Rank” promouterlik kompaniyasi rasman tasdiqladi. Oʻzbekistonlik bokschi bu jangda Artur Biyarslanov va Muhammad Mimun oʻrtasidagi markaziy jangning anderkard qismida ringga chiqadi. Bu bellashuv nafaqat boks muxlislari, balki professional boksimning asosiy tashkilotlari diqqat markazida boʻladi.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. U soʻnggi jangini 2023-yilning 17-noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi oʻtkazib, birinchi raunddayoq nokaut orqali gʻalaba qozongandi. Bu natija uning kuchli va tezkor himoya qobiliyatini yana bir bor namoyon etgan edi.

Bahodirning boʻlajak raqibi Devid Spilmont esa professional ringda 27 ta jang oʻtkazgan. U 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 durang natija qayd etgan boʻlib, gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan. Fransiyalik bokschi ham kuchli zarba berish qobiliyati bilan tanilgan.
Mazkur jang Bahodir Jalolov uchun jahon boks arenasida oʻz oʻrnini yanada mustahkamlash imkoniyatini beradi. Uning muxlislari ushbu jangda ham gʻalaba qozonishini va xalqaro reytingda yuqori oʻrinlarga koʻtarilishini kutyapti.
Axborot uchun aytish mumkinki, Kanada norasmiy tarzda “qaragʻaylar mamlakati” deb atalishi sir emas. Mamlakatda bunday boks kechalari koʻp oʻtkazilmasada, ammo oʻzining sportg tolerantligi bilan tanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring