Bagama orollaridan bir yarim asrlik harbiy toʻplar topildi. Ular kimga tegishli?
Bagama orollarini tadqiq qilish davomida suv ostidan katta miqdordagi harbiy qurollar topildi. “Allen Exploration” tadqiqotchilarining maʼlum qilishicha, ushbu harbiy toʻplar 1853—1855-yillardagi Qrim urushidan nodir namunalar boʻlib, jami 24 ta temir toʻp hujjatlashtirib olindi.
Ushbu toʻplar dastlab Rossiya imperiyasi tomonidan Usmonli imperiyasi, Fransiya, Buyuk Britaniya va Sardiniya kabi ittifoqchi davlatlarga qarshi ishlatilgan. Ularning Karib dengiziga qanday tushib qolgani haqidagi savolga esa aniq javob yoʻq.
Toʻplar 1656-yilda yoʻqolgan ispan galleoni (harbiy va tijorat kemasi) “Nuestra Señora de la Maravillas” qoldiqlarini oʻrganish paytida topilgan. Topilma joyi Bagama qirgʻogʻidagi “Xotira” qoyasidan 6,5 kilometr shimoli-gʻarbda boʻlgan.
Gap shundaki, ushbu toʻplarda rus podshohlarining gerbi boʻlgan ikki boshli burgut tasvirlangan. “AllenX” jamoasining fikricha, toʻplar Ikkinchi jahon urushi paytida boshqa zamonaviy qurollar yaratish uchun yuborilgan, ammo oʻz manziliga etib bormagan. Toʻplarni olib ketayotgan kema choʻkib ketgan.
Hozirda ushbu topilmalarning taqdiri maʼlum emas. “Allen Exploration” ushbu qurollarni muzeyga topshirishi kutilmoqda. Topilmalar boʻyicha qoʻshimcha izlanishlar olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring