“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona mevali daraxt koʻchati yetkazib berildi

17:47 07 Aprel 2021 Jamiyat
1003 0

Yerga choʻp suqsa, kurtak chiqaradigan ayni bahor paytida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Dehqonobod tumanidagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona turli mevali daraxt koʻchatlari yetkazib berildi.

Dastlab “Yangiobod”, “Beshbuloq” va “Boʻston” MFYda yashovchi kam taʼminlangan oila vakillariga 15 donadan olma, olxoʻri, shaftoli, nok, anor, yongʻoq, oʻrik, gilos va boshqa mevali daraxtlarning payvandlangan koʻchatlari berilib, ekish agrotexnikasi tushuntirildi, namuna sifatida bir nechta xonadonlarga koʻchat oʻtqazib berildi.

Amalga oshirilayotgan bu xayrli tadbirlar kelgusida ham davom ettirilib, kunlar ilishi bilan Dehqonoboddagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da qayd etilgan xonadonlar pomidor, bulgʻor qalampiri koʻchatlari hamda turli koʻkatlar urugʻlari bilan taʼminlanadi hamda parvarishlashga koʻmaklashiladi. Bu tashabbus viloyat boʻyicha keng yoyilib, barcha tumanlarda amalga oshiriladi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?