Avgustda zavod konveyerlaridan 41 100 tadan ortiq avtomobil chiqdi — UzAuto Motors

19:17 02 Sentyabr 2023 Jamiyat
450 0

2023-yil avgust oyi natijalariga koʻra, UzAuto Motors Asaka va Pitnak zavodlarida 41 100 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi. Bunga koʻra, Asaka avtozavodida 31 000, Pitnak filialida 10 mingta avtomobil ishlab chiqarilganligi qayd etildi.

Ushbu koʻrsatkichga zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, presslash, boʻyoqlash hamda yigʻuv tsexi liniyalarida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar, koʻrilgan chora-tadbirlar, shuningdek jamoaning professional va muvofiqlashtirilgan ishi tufayli erishildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, zavodlarning oʻrtacha quvvati oyiga 30 000 dona avtomobilni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich may oyidan buyon 30 foizga, avgust oyida esa 36 foizdan ortiqqa oshdi.

UzAuto Motors kompaniyasi yiliga 500 ming dona avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish yoʻlida bundan buyon ham ushbu oʻsish surʼatni saqlab qolishda va maksimal natijalarga erishish niyatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?