Atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul vafot etdi
Foto: Arxiv surat
Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul 28-iyun kuni bu yorugʻ olamni tark etdi. Ibrohim Haqqul 74 yoshni qarshilagan edi.
Ibrohim Haqqul 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan (1970).
Ibrohim Haqqul 1970-1972-yillarda “Shofirkon haqiqati” gazetasida boʻlim boshligʻi va muharrir vazifalarida ishlagan. 1972-yildan Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritgan.
Ibrohim Haqqul 1976-yili “Oʻzbek adabiyotida ruboiy” mavzusida nomzodlik, 1995-yili “Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Uning “Oʻzbek adabiyotida ruboiy” (1981), “Uvaysiy sheʼriyati” (1982), “Badiiy soʻz shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1989), “Sheʼriyat — ruhiy munosabat” (1989), “Abadiyat farzandlari” (1990), “Tasavvuf va sheʼriyat” (1991), «Kamol et kasbkim…” (1991), “Gʻazal sogʻinchi” (1991), “Ijod iqlimi”, “Mushohada yogʻdusi”, “Navoiyga qaytish” kabi 20 dan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.
Ibrohim Haqqul Abdulhamid Choʻlponning “Bahorni sogʻindim” (1988), Hoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” (1991) majmuasini, Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda «Boqirgʻon kitobi» (1991), “Meʼrojnoma” (1995) kabi asarlarni oʻquvchilarga yetkazgan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring