“ArMI-2022” xalqaro armiya oʻyinlari: Oʻzbekiston 5 ta yoʻnalishga mezbonlik qiladi

17:07 03 Avgust 2022 Jamiyat
1370 0

Foto: Illustrativ foto

Milliy armiyaning kuch-qudrati va salohiyati, yurt himoyachilarining jangovar shayligi va kasbiy tayyorgarligini amalda yaqqol namoyon etadigan “ArMI-2022” xalqaro armiya oʻyinlari joriy yilning 13-avgustidan 27-avgustiga qadar dunyoning 12 ta davlati hududida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi bu safar nufuzli musobaqaning 20 ta yoʻnalishida ishtirok etadi. 34 ta yoʻnalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa oʻzaro bellashadi.

Xususan, mamlakatimiz hududida ilk bor musobaqalarning 5 ta yoʻnalishi boʻlib oʻtadi. Jizzaxdagi “Forish” poligonida “Dala oshxonasi” va “Qurolsoz usta” musobaqalari, Samarqanddagi «Sazagan» poligonida “Xavfsiz muhit”, Sharqiy harbiy okrugda “Yoʻl patruli” va Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Sodiq doʻst” musobaqasi oʻtkaziladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari Rossiya hududida oʻtkaziladigan «Elbrus halqasi», «Avtozirxli tank-texnika ustasi», “Qoʻshinlar razvedkasi aʼlochisi”, “Tank biatloni”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Harbiy ralli”, “Muhandis formulasi” musobaqalarida, Moʻgʻulistonda “Otliq marafon”, Belarus Respublikasida “Ishonchli qabul” va “Qutb yulduzi”, Qozogʻistonda “Armiya taktik oʻqchisi” va “Meridian”, Venesuelada “Merganlik marrasi”, Jazoirda “Desant vzvodi” hamda Eronda “Professional mergan” yoʻnalishlarida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?