AQSHning sobiq Davlat kotibi Madlen Olbrayt vafot etdi

Foto: AP
AQSHning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi xabar berdi.
«Qalbimizdagi ogʻriq bilan biz AQSHning 64-Davlat kotibi va ushbu lavozimdagi birinchi ayol Madlen Olbraytning bugun vafot etganini maʼlum qilamiz», deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, u saraton kasalligi bilan ogʻrigan. Olbrayt oila aʼzolari va doʻstlari oldida hayotdan koʻz yumgan. U 1997 —2001-yillarda AQSH Davlat kotibi lavozimida ishlagan edi.
Olbrayt 1937-yil 15-mayda Pragada tugʻilgan. Uning otasi diplomat boʻlgan va Belgradda matbuot attashesi boʻlib ishlagan. Keyin sobiq Yugoslaviyada elchi boʻlgan. 1948-yilda sobiq Chexoslovakiyadagi davlat toʻntarishidan keyin uning oilasi Kolorado shtatining Denver shahriga koʻchib oʻtgan. Olbrayt 1957-yilda Amerika fuqaroligini olgan. U Uelsli kolleji va Kolumbiya universitetini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring