AQSHda saylov: Bayden va Tramp saylovoldi xarajatlarini ochiqladi
Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlarida joriy yilning noyabr oyida prezidentlik uchun saylov boʻlib oʻtadi. Tabiiyki saylov tashviqotlarini olib borish uchun ancha-muncha mablagʻni talab etiladi. Qolaversa, moliyaviy koʻrsatgichlar nomzodning saylanish ehtimolini ham oshirishi mumkin. Chunki saylovoldi kompaniyasiga kelib tushadigan mablagʻlarning asosiy qismi saylovchilar tomonidan yigʻiladi va bu nomzodga nisbatan xayrixohlik darajasini ham belgilab beradi.
Hozirgacha asosiy kurash amaldagi prezident Jo Bayden va AQSHning sobiq rahbari Donald Tramp oʻrtasida kechmoqda.
Baydenning siyosiy operatsiyasi aprel oyida 51 million dollar yigʻdi. Bu uning mart oyidagi mablagʻ yigʻish koʻrsatgichidan sezilarli darajada past hisoblanadi. Baydenning saylovoldi tashviqoti va unga aloqador tashkilotlar oʻtgan oydagi bank koʻrsatgichlarini 192 million dollar bilan yakunladi. Uning yordamchilariga koʻra, tarixdagi hech qanday demokrat nomzod Baydenchalik naqd pul koʻrsatgichiga ega boʻlmagan.
Trampning yordamchilari esa aprelda 76 million dollar yigʻganini ochiqladi.
Baydenning siyosiy kompaniyasi mart oyida 90 million dollardan koʻproq pul toʻplaganini maʼlum qildi. Oʻtgan oy oxirida Nyu-Yorkdagi mablagʻ toʻplash jarayonlarida Jo Bayden qatorida sobiq prezidentlar Bill Klinton hamda Barak Obama ishtirok etgan.
Trampning saylovoldi tashviqot matbuot kotibi Karolin Levitt oʻz bayonotida aytishicha, sobiq prezident oxirgi toʻrt hafta ichida kuniga 9 soat vaqtini sud zalida oʻtkazayotgani hisobga olinsa, pul yigʻish bilan bogʻliq tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtgan. Trampning asosiy xarajatlari huquqiy muammolarini hal qilish va kamtarona saylovoldi ishlariga sarflanmoqda.
Bayden kampaniyasi aprel oyi donorlar tomonidan 5,5 million dollar mablagʻ toʻplaganini aytib oʻtgan. Shuningdek, aprelda elektron pochta roʻyxatiga yana 1 million dollar qoʻshilgani taʼkidlandi. Bayden jamoasi oʻz pullarini 150 dan ortiq ofis va 500 nafardan koʻproq xodimlar uchun sarflamoqda.
Trampning dushanba kuni kechqurun taqdim etgan saylovoldi tashviqoti hisoboti shuni koʻrsatadiki, uning aprel oyidagi bank koʻrsatgichi 49.1 million dollar bilan yakunlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring