AQSHda koronavirusga qarshi “Johnson & Johnson” vaksinasi bilan emlangan ayol hayotdan koʻz yumdi

Illyustrativ foto
AQSHning Vashington shtatida istiqomat qiluvchi ayol koronavirusga qarshi “Johnson & Johnson” vaksinasi bilan emlanganidan soʻng hayotdan koʻz yumgan.
“Fox News” telekanali xabariga koʻra, oʻlim preparat yuborilganidan soʻng tomirlarda qonning ivishi — tromblarning hosil boʻlishi tufayli yuz bergan.
Ayol 40 yoshda boʻlgan va u King okrugida yashagan. U 26-avgust kuni vaksina qabul qilgan. Oradan bir hafta oʻtib u hayotdan koʻz yumgan. Siyetl va King okrugi sogʻliqni saqlash boshqarmasi rasmiy bayonotida marhumga kamdan-kam uchraydigan, ammo jiddiy kasallik — trombotsitopeniya sindromi (TTS) tashxisi qoʻyilganini maʼlum qildi. Bu mazkur sindrom tufayli Vashingtonda qayd etilgan birinchi oʻlim holati hisoblanadi.
Avval ham “Johnson & Johnson” vaksinasini olgan ayrim odamlarda ushbu sindrom qayd etilgani maʼlum qilingan edi.
Avvalroq, AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi (Food and Drug Administration – FDA) “Johnson & Johnson” kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi kamyob otoimmun kasallikning rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini eʼlon qilmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, AQSHda ushbu preparatni qabul qilgan bemorlarda mushaklarning kuchsizligi va sezuvchanlik buzilishi bilan kechadigan periferik nervlarning otoimmun shikastlanishi — Guillain-Barré sindromi taxminan 3-5 barobar koʻproq rivojlanishi kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring