AQSH oʻzining eng muhim ittifoqchisi bilan yadroviy kelishuvni buzishda gumon qilinmoqda

15:59 13 Mart 2024 Dunyo
660 0

Arxiv surat

Avstraliya Qoʻshma Shtatlar AUKUS harbiy-siyosiy alyansi doirasida yadroviy suv osti kemalarini yetkazib berish jadvalini buzishi mumkinligidan xavotirda, deb yozmoqda “Bloomberg”.

Shunday qilib, 2025-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari “Virjinia” sinfidagi bitta suv osti kemasini ishlab chiqarmoqchi, holbuki ikkita boʻlishi taxmin qilingan edi. Bu holat Vashingtonning Kanberra oldidagi beshtagacha yadroviy suv osti kemasini sotish majburiyatlarini bajarish qobiliyatini shubha ostiga qoʻyadi, deb tushuntirmoqda nashr.

Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Malkolm Ternbullning taʼkidlashicha, haqiqat shuki, amerikaliklar oʻz suv osti kemalarini Avstraliyaga berish yoki sotish orqali ularning taqchilligini yanada kuchaytirmoqchi emas.

Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar allaqachon Xitoyning harbiy sanoati bilan tenglashish uchun kurashmoqda va Avstraliya talablarini qondirish uchun oʻz ehtiyojlarini qurbon qilmoqchi emas.

2021-yil sentyabrida imzolangan AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH) kelishuvi Xitoyning Hind-Tinch okeani mintaqasida kuchayib borayotgan taʼsiri va harbiy ishtirokiga qarshi turishga qaratilgan. Bitim ikkita asosiy ustunga ega: Avstraliyaning oddiy qurollangan yadro suv osti kemalarini sotib olishi va ilgʻor texnologiyalar, jumladan kvant, gipertovush va sunʼiy intellektni uch tomonlama almashish.

Bunga erishish uchun Kanberra Fransiya bilan oddiy suv osti kemalarini qurish shartnomasidan voz kechgandi va bu diplomatik janjalni keltirib chiqargandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?