AQSH esminetsi Eron nazoratidagi hududga yaqinlashmoqda

17:29 23 Iyul 2025 Dunyo
255 0

Arxiv foto

AQSH esminetsi Oʻmon koʻrfazidagi Eron nazoratidagi suvlarga yaqinlashgan, Eron harbiylari ogohlantirish bergan. Bu haqda IRIB davlat teleradiokompaniyasining xabar berdi.

Manbaga koʻra, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 12:30 atrofida AQSHning “DDG Fitzgerald” esminetsi Ummon koʻrfazidagi Eron nazoratidagi suvlarga yaqinlashmoqchi boʻlgan. Shundan soʻng Eron vertolyoti amerikalik harbiylarni ogohlantirish uchun havoga koʻtarildi, biroq AQSH esminetsi vertolyotga zarba berish bilan tahdid qilgan.

“AQSH esminetsining takroriy tahdidiga javoban havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi va shu tariqa vertolyot mudofaa tizimlarining toʻliq himoyasi ostida ekanligi va AQSH esminetsi janubga yoʻnalishini oʻzgartirishi kerakligi haqida qatʼiy ogohlantirish berildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy inshootlariga yangi zarba berishga buyruq berishga tayyorligini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, bu “kerak boʻlsa” sodir boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?