AQSH davlat qarzi ilk bor 37 trillion dollardan oshdi
2025-yilda AQSH davlat qarzi rekord darajadagi 37 trillion dollarga yetdi. Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, agar hozirgi oʻsish surʼati saqlanib qolsa, 2026-yil fevral oyigacha qarz yana 1 trillion dollarga koʻpayishi mumkin.
Haftaning boshida vazirlik AQSH davlat qarzi dinamikasini koʻrsatuvchi diagrammani yangiladi. Grafikda qarz miqdori ilk bor 37 trillion dollar chegarasidan oshgani qayd etilgan.
AQSH Kongressining Birlashgan iqtisodiy qoʻmitasi hisob-kitoblariga koʻra, qarzning oʻrtacha kunlik oʻsish surʼati shunday davom etsa, yana 1 trillion dollarlik qoʻshimcha qarzga 2026-yil fevral oyida erishiladi.
Nominal koʻrsatkichlar boʻyicha AQSH davlat qarzi dunyoda eng katta qarz hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring