A.Qodirov LGBT va axborot piramidasi haqida — sizga yoqmagan yoki siz xato deb hisoblagan xabarni rad eting
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bu haqida, jumladan, shunday deb yozadi:
"Vengriya 18 yoshgacha bolalarga LGBT gʻoyalarini targʻib qilish mumkin emasligi haqida qonun qabul qildi.
Shu sabab Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar tomonidan Vengriyaga nisbatan jiddiy taʼsir choralari koʻrishgacha boʻlgan chaqiriqlar, tanqidlar yangramoqda.
Shveysariyada hijob oʻrashni taqiqlash boʻyicha qonun qabul qilinganida hamma olqishlagan edi.
Rostdan ham Yevropada yashayotgan insonlar shu qadar dindan nafratlanadilaru, bejinslarga hurmatlari shunchalar balandmi?
Tahlillarga qarasangiz YEIga aʼzo davlatlarning deyarli barchasida aholining asosiy qatlami tomonidan LGBT gʻoyalari qoʻllab-quvvatlanmaydi, kamida “mendan uzoqroq yursa boʻldi” qabilida yondashuv. Shveysariyada esa, bilishimcha, Yevropaning eng bagʻrikeng xalqi yashaydi.
Nima demoqchiman?
Jamiyatda ustuvor talab nima ekanligini odamlar belgilamay qoʻyganiga 20 yillar boʻldi, menimcha. Ijtimoiy tarmoqlarda oqni qora, qorani oq qilib yuborish texnologiyasi muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda. Besh soʻm pul yoki beshta follover ilinjida bilib yoki bilmay bu tizimga ishlab yotganlar qancha…
Axborotni isteʼmol qilish PIRAMIDASI haqida gapirgandim. Oʻqib koʻrarsiz…
Berilgan axborotni oʻqimasdan isteʼmol qilish, yolgʻon xabar ekanligini bilib turib eʼtiborsiz qoldirish yoki shaxsiy gʻarazdan kelib chiqib qoralashda ishtirok etish sizni bu tizimning xizmatkori ekanligingizni yaqqol isbotidir.
Sizga yoqmagan yoki siz xato deb hisoblagan xabarni rad eting va bu haqida munosabat bildiring. Albatta madaniyat bilan. Haqorat uchun 4,9 mln.soʻmdan 49 mln.soʻmgacha jarima yoki ozodlikdan mahrum qilishgacha javobgarlik belgilangan. Sizni hech kim shikoyat qilmagani ertaga ham shikoyat qilmasligini kafolatlamaydi.
Faqat shu shaklda dunyoni trollar boshqarishiga qarshilik koʻrsatishimiz mumkin".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring