Angrenda salkam 30 tonna koʻmirni noqonuniy sotib yubormoqchi boʻlishdi

17:47 16 Dekabr 2022 Jamiyat
520 0

Angren shahrida 28,6 tonna koʻmirni noqonuniy sotilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti.

Qayd etilishicha, departament hamda IIBning Angren shahar boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. “Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli avtomashina toʻxtatib koʻzdan kechirilganda fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.» MCHJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna koʻmirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?