Andijonga Xitoydan 100 ta elektrobus olib kelinadi

Foto: Transport vazirligi
Andijon shahrida brutto-shartnoma tizimini toʻliq ishga tushirish, shuningdek, harakat tarkibini yangi zamonaviy avtobus va elektrobuslar bilan toʻldirish maqsadida Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish maqsadida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati transport boshqarmasi, “Oʻzmilliybank” AJ hamda salohiyatli tadbirkorlardan iborat delegatsiya ayni paytda Xitoyda boʻlib turibdi.
Delegatsiya aʼzolari “Lanzhou Guangtong Nev Energy Automobile Co., Ltd” va “Guangtong” kompaniyasi tomonidan elektrobuslarni ishlab chiqarish jarayoni, yetkazib berish xizmati va boshqa mavzularda muzokaralar oʻtkazib shartnomalar imzolash boʻyicha amaliy ishlarni olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring