Andijondagi “zapravka”da portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor

10:36 21 Fevral 2025 Jamiyat
139 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 20-fevral kuni soat 18:02 da Yangi Naynavo mahallasi hududidagi propan “zapravka”da yuz bergan. FVB yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 18:13 da yetib borgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida yongʻin kelib chiqmagan. Portlash vaqtida oʻsha yerda boʻlgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda hodisa sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер