Andijondagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi sharoitlar oʻrganildi

12:58 13 Sentyabr 2023 Jamiyat
241 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Izboskan tumanida joylashgan Chuama “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Muassasa 345 oʻringa moʻljallangan boʻlib, monitoring oʻtkazilgan kunda muassasada 341 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qilayotganligi aniqlandi.

Monitoringda internat uyida yashovchi qariyalarni, dam olishlari, sayr qilishlari hamda boʻsh vaqtlarida oʻzlari yoqtirgan qoʻl mehnati bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Internat uyida yashovchi fuqarolarning yashash xonalari koʻzdan kechirildi va muloqotga layoqatlilari bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi. Ushbu suhbatlar davomida fuqaro N.A. chuqurlashtirilgan tibbiy yordamga muhtojligini bildirdi. Ushbu holat joyida hal etilib, fuqaroni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrildi.

Monitoring yakunida Chuama “Muruvvat” uyida yashayotgan nogiron qariyalarni vaqtida va belgilangan talablar asosida ovqatlanishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер