Andijonda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi
Videodan kadr
Andijon viloyati sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining katta yordamchisi 3 mln 800 ming soʻm pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sudya yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan ayolning nomidan Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga daʼvo arizasi kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ayolning sobiq turmush oʻrtogʻiga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 500 dollar talab qilgan.
Sudya katta yordamchisi hozirga qadar soʻralgan pul mablagʻidan 200 dollarni olgan.
Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 3 mln 800 ming soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda sudya katta yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring