Andijonda oʻqituvchi darsga kechikkan oʻquvchiga ikki litr ariq suvi ichirib jazoladi
Foto: Illustrativ foto
6-sinf oʻquvchisi darsga kechikib kirgan va oʻqituvchiga qoʻpol muomalada boʻlgan. Oʻqituvchi esa uni 2 litr ariq suvi ichirib, nok bargini yeyishga majburlagan.
“Oʻsha kun maktabda navbatchi sifatida eshik tagida oʻtirgandim. U oʻquvchi 2-soat oxiriga kech qolib keldi. Sababi soʻralganda gap qaytardi. Oʻzimning qarindoshim ekani sababli unga oʻzingni bos degan maqsadda 100 gramm yoki bir piyolacha suv ichirganman. Bu yerdagi boshqa gaplar qayerdan kelyapti, buni bilmayman. Nok daraxti bor, lekin bunaqa narsa qilinmagan”,— degan oʻqituvchi.
Qayd etilishicha, darsga kechikkan oʻquvchi va uni jazolagan domla oʻzaro qarindosh boʻlgan. Voqeaga jabrlanuvchining sinfdoshlari ham guvoh boʻlgan.
“Kechirim soʻrattirib, doktorga olib boramiz dedi. Oʻzi olib ketdi shifoxonaga. U yerda shifokorlar hech qanday muolaja shartmasligini, yaxshi boʻlib ketishimni aytdi”, — deydi jabrlangan oʻquvchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring