Andijonda eksportchi korxonalar soni 72 taga yetdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning oʻtgan davrida Andijon viloyatida 62,3 mln. dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu haqida viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press-turda maʼlum qilindi. Tadbir davomida fitosanitar laboratoriyasi va eksport shtabi faoliyati bilan tanishildi.
— Prezidentimiz raisligida shu yilning 18-yanvar kuni boʻlib oʻtgan investitsiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanish vazifasi yuklatildi, — deydi boshqarma masʼul xodimi Ulugʻbek Ahmedov. —Topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida boshqarmamizda “Eksport shtabi” tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibiga 14 ta idoralar vakillari faoliyati muvofiqlashtirildi. Buning natijasida meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va eksport qiluvchi korxonalar faoliyatida yuzaga keladigan muammoli masalalar yuzasidan amaliy yordam koʻrsatish imkoniyati yaratildi.
Press-tur davomida taʼkidlanganidek, sohada amalga oshirilayotgan ibratli ishlar natijasida eksportchi korxonalar soni tobora ortib bormoqda. Masalan, viloyatda yil boshida ularning soni 53 ta boʻlgan boʻlsa, ayni paytga kelib 72 taga yetdi. Bunday korxonalar tomonidan 20 ta davlatga, ayniqsa, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus, Xitoy, Qozogʻiston, Turkiya va Latviya kabi davlatlarga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring