Andijonda chiqindidan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, stol-stul va mebellar ishlab chiqarilmoqda
Arxiv surat
Saminjon Husanov/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanida faoliyat olib boruvchi “Texno innovator” MCHJda chiqindini qayta ishlash orqali sifatli xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda tayyorlangan gul tuvagidan tortib stol-stulu, ixcham mebellarning hatto qoʻshni respublikalarda ham oʻz xaridorlari bor.
— Hozirda 200 ga yaqin turdagi plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarmoqdamiz, — deydi korxona menejeri Shohrux Mirzayev. — Oʻtgan yili 15 milliard soʻmlik mahsulot tayyorladik va uning teng yarmini Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston respublikalariga eksport qildik. Bundan tashqari, Andijon viloyatidagi avtomobilsozlikka ixtisoslashtirilgan “Klimat kontrol” MCHJ, “GM-Oʻzbekiston”, “Oʻz Dong Yang Ko” singari qoʻshma korxonalarga plastmassadan iborat ehtiyot qismlari yetkazib bermoqdamiz.
Korxona ilk tashkil topgan kezlarda atigi 2 ta dastgoh va 5 nafar ishchi yordamida qutilar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi. Ayni paytga kelib 90 nafar ishchilar tomonidan bir kunda 100 tonna xom ashyoni qayta ishlash imkoniyati yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring