Andijonda bir guruh shaxslar bir kishini temir jismlar bilan kaltakladi

15:57 30 Iyun 2024 Jamiyat
585 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir necha shaxslar bir kishini temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat boʻyicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qoʻlga olingan. Ularga nisbatan Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) 2-qismiibandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?