Andijonda 400 megavattlik fotoelektrstansiya qurilishiga start berildi

18:30 14 Sentyabr 2023 Siyosat
482 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Vodiyda yagona hisoblangan yirik loyiha ishlari Xitoy Xalq Respublikasining "Poverchina interneyshnl group” korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Fotoelektrstansiyani ishga tushirish orqali yiliga 700 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga 212 million kubmetr tabiiy gaz tejash hamda 294 ming tonna zararli issiqxona gazlari chiqishining oldi olinadi.

— Loyihaning birinchi bosqichi 2024-yilning aprel, ikkinchi bosqichi esa noyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, deydi, —“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali axborot xizmati rahbari Muxlisaxon Sobirova. – Uning ishga tushirilishi natijasida viloyatda elektr taʼminotidagi muammolar ham ijobiy yechim topishi kutilmoqda.

“Yangi Andijon” massivida bunyodkorlik ishlariga kirishish oldidan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda soʻz olgan har ikki davlat vakillari loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?